2020 yilning 5 may kuni Boyovut tumani, "Laylakko`l" mahallasida yashovchi fuqaro E.Sh chaqalog`ini fuqaro R.Gga 10,200 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida Sirdaryo viloyati IIB T va EQKB hamda Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan qo`lga olingan.
"Sirdaryo Xabarlari"ning ma`lum qilishicha, o`z jigarbandini pullashga uringan onani jinoyat ishlari bo`yicha Boyovut tumani sudi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (o`n sakkiz yoshga to`lmaganligi aybdorga ayon bo`lgan shaxs oldi-sotdisi — odam savdosi) bilan aybdor deb topdi va unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (engilroq jazo tayinlash) qo`llanilib, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.