AsosiyJinoyat

Fuqaroni 15 000 AQSh dollari evaziga Iqtisodiyot universitetiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Fuqaroni 15 000 AQSh dollari evaziga Iqtisodiyot universitetiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo`limi tomonidan DXX va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqaro F.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro L.Z.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o`qishga kiritib qo`yishga ishontirib, evaziga 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar