AsosiyJinoyat

Qoraqalpog`iston va Jizzaxda gazetalar obunasi uchun o`tkazilgan pullar rahbarlar tomonidan talon-toroj qilindi

'Qoraqalpog`iston va Jizzaxda gazetalar obunasi uchun o`tkazilgan pullar  rahbarlar tomonidan talon-toroj qilindi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Jizzax viloyatida davriy nashrlar obunasi uchun o`tkazilgan pul mablag`larini talon-toroj qilgan MChJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti xabar berdi.

Departamentning hududiy boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Qoraqalpog`iston Respublikasidagi “J” MChJ rahbari jamiyat hisob-raqamiga davriy nashrlarga obuna bo`lish uchun o`tkazilgan 622,9 mln so`mni tahririyatlarga o`tkazmasdan, rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganligi, Jizzax viloyatida esa “G.M.”, “E.E.” va “S.S.” MChJ rahbarlari 2021 yilda davriy nashrlarga obuna bo`lish uchun kelib tushagan 501,6 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar