AsosiyJinoyat

Marhamatda homilador ayolga elektroshoker bilan hujum qilgan shaxs qo`lga olindi

'Marhamatda homilador ayolga elektroshoker bilan hujum qilgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

2021 yilning 02 mart kuni soat 10:00 larda Andijon viloyati Marhamat tumani Turon MFY.,da yashovchi homilador bo`lgan 28 yoshli Nilufar T.,ning uyiga noma`lum shaxs bostirib kirgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. 

Bosqinchi ayoldan taqib olgan tilla-taqinchoqlariolish uchun elektroshoker bilan hujum qilgan. Devor oshish yo`li orqali uydan chiqib qochib ketayotgan o`g`ri mahallada yashovchi fuqarolar tomonidan ushlangan.  

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 26 yoshli Mansurbek M., sodir qilganligi aniqlanib, tilla-taqinchoqlar va elektroshoker moslamasi  ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Mansurbek M.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Ma`lumot uchun, Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Boshqa yangiliklar