Bulung`ur tumanida xorijiy korxona manfaatlariga 538,6 mln so`m zarar etkazgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung`ur tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.B.” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasining sobiq xodimi T.U. “Ch.G.” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan jamiyatga etkazib berilishi lozim bo`lgan 538,6 mln so`mlik g`isht mahsulotini boshqa fuqarolarga naqd pulga sotib yuborib, o`zganing mulkini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan T.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






