AsosiyJinoyat

Buxoroda ijtimoiy yotoqxonaga joylashtirilgan ayol farzandlarining xonasini fohishaxonaga aylantirdi

'Buxoroda ijtimoiy yotoqxonaga joylashtirilgan ayol farzandlarining xonasini fohishaxonaga aylantirdi'ning rasmi

Buxoro viloyati Qorako`l tumanida 18 fevral kuni ijtimoiy yotoqxonaga vaqtincha yashash uchun joylashtirilgan 45 yoshli ayol bolalar xonasini fohishaxonaga aylantirgani aniqlandi. Bu haqda O`zA xabar qildi.

Qayd etilishicha, soat 16:45 da ijtimoiy yotoqxonaning o`zi va farzandlariga ajratib berilgan xonasida 40 ming so`m pul evaziga fuqarolar J.M. va A.N.ning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan. Fuqaro fohishaxona tashkil qilganligi tuman ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo`limi tomonidan J.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-modda (Qo`shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar