AsosiyJinoyat

Surxondaryoda “Barkamol avlod” xodimi 60 mln so`mdan ortiq mablag`ni talon-taroj qildi

'Surxondaryoda “Barkamol avlod” xodimi 60 mln so`mdan ortiq mablag`ni talon-taroj qildi'ning rasmi

Boysun tuman xalq ta`limi bo`limi bosh hisobchisi o`rinbosari D.S. o`z mansab mavqeini suiiste`mol qilib, tumandagi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazidagi 42 nafar xodimga ish haqi va xizmat safarlari uchun naqd pul mablag`larini tarqatish haqidagi to`lov qaydnomalariga ushbu xodimlarning o`rnidan soxta imzolarini qo`yib, jami 63 637 207 so`m ish haqi pullarini xodimlarga bermasdan byudjet mablag`ini talon-toroj qilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari, tuman Barkamol avlod bolalar markazi tomonidan 8 ta holatda ikki nafar xodimga 11.648.240 so`m asossiz xizmat safari rasmiylashtirganligi, 15 ta holatda 3.384.447 so`m ish haqlarini ortiqcha to`lab berilganligi, 35 holatda 11.278.656 so`m asossiz rag`batlantirish orqali ortiqcha hisoblab to`lab berilib, byudjet mablag`ini talon-toroj qilganligi ham aniqlanadi. O`tkazilgan tekshirishda tuman Barkamol avlod bolalar markazi tomonidan jami 89.948.550 so`m byudjet mablag`i talon-toroj qilganligi ma`lum bo`ldi.

Ayni paytda D.S.ga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar