AsosiyJinoyat

Bulung`ur tumanida xorijiy korxona manfaatlariga 538,6 mln so`m zarar etkazgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Bulung`ur tumanida xorijiy korxona manfaatlariga 538,6 mln so`m zarar etkazgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung`ur tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “X.B.” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasining sobiq xodimi T.U. “Ch.G.” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan jamiyatga etkazib berilishi lozim bo`lgan 538,6 mln so`mlik g`isht mahsulotini boshqa fuqarolarga naqd pulga sotib yuborib, o`zganing mulkini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar