1

Termizda fuqarolarni harbiy qismga ishga joylashtirib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

Jinoyat 07.03.2021, 11:17
Termizda fuqarolarni harbiy qismga ishga joylashtirib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo`limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.X., 2 nafar fuqaroga o`zini harbiy qismlarning birida yuqori lavozimda ishlovchi xodim sifatida tanishtirib, ularni harbiy qismga ishga joylashtirib qo`yish evaziga kelishilgan 3 000 AQSh dollaridan 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1