1

Savdosi cheklangan kuchli ta`sir qiluvchi dorilar ortilgan "Neksiya" Ohangaronda qo`lga olindi

Jinoyat 09.03.2021, 13:39
Savdosi cheklangan kuchli ta`sir qiluvchi dorilar ortilgan "Neksiya" Ohangaronda qo`lga olindi

9 mart kuni 02-30larda Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» yo`l patrul xizmati maskanida tungi xizmatni olib borayotgan  YPX va PPX xodimlari tomonidan 1987 yilda tug`ilgan fuqaro A.D. boshqaruvidagi «Namangan-Toshkent» yo`nalishida harakatlanib kelayotgan "Neksiya" avtomobili to`xtalib, tekshiriladi.

IIBB Axborot xizmati bergan xabarga ko`ra, avtomashinani ko`zdan kechirish davomida yukxonasida bo`lgan ikki qog`oz quti ichida respublika hududida savdosi cheklangan 1 500 dona «Tropikomid 10 mg» kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari borligi IIB xodimlari tomonidan aniqlanadi va qonuniy chora ko`rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi. Hozirda holat yuzasidan qo`shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1