1

Xorazmda 30 yoshli yigit ishga va o`qishga kiritishni va`da qilib, 3 fuqaroni katta pulga "uxlatdi"

Jinoyat 09.03.2021, 14:43
Xorazmda 30 yoshli yigit ishga va o`qishga kiritishni va`da qilib, 3 fuqaroni katta pulga "uxlatdi"

Yangiariq tumanining “Shirsholi” mahallasida yashovchi, 1991 y.t. N.O. tog`ni ursa talqon qiladigan paytida halol mehnat qilish o`rniga, aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan o`zganing mulkini qo`lga kiritish, ya`ni firibgarlikni mukammal o`zlashtirib oldi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

U 2020 yilning yanvar oyidan 2021 yilning fevral oyiga qadar 3 nafar yurtdoshining farzandlarini ishga va oliy ta`lim muassasasiga o`qishga kiritishda yordam berishini aytib, ishonchiga kirib jami 10.200 AQSh dollari va 90.000.000 so`m pullarini olib, firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan N.O. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1