2020 yilda Buxoro viloyati, tuman va shahar Xalq qabulxonalari tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati tizimli o`rganildi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi Axborot xizmati.
Keltirilishicha, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan 644 ta ko`rib chiqilishi majburiy bo`lgan taqdimnoma, kamchiliklarga yo`l qo`ygan mas`ullarga nisbatan choralar ko`rish to`g`risida 49 ta taklif kiritilgan.
– Kiritilgan taqdimnoma va takliflarga asosan kamchiliklar bartaraf qilinishi bilan bir qatorda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining 234 nafari ogohlantirildi, – deydi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi etakchi mutaxassisi Ma`mur Rahmonqulov. – 179 nafariga nisbatan ogohlantirish va 26 nafariga nisbatan oylik ish haqining 30 foizigacha jarima intizomiy jazo choralari qo`llanildi. 22 nafari egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi, 2 nafariga ma`muriy jazo choralari qo`llanildi.