AsosiyDunyo

Navoiydagi Muruntov oltin koni dunyoda eng yirik kon deb topildi

'Navoiydagi Muruntov oltin koni dunyoda eng yirik kon deb topildi'ning rasmi

Kitco 2020-yilda qazib olish bo`yicha dunyodagi eng yirik 10 ta oltin konlari reytingini tuzdi.

Unga ko`ra, Navoiydagi Muruntov yirik koni konlar o`nligida 1-raqamli deb topildi. Uning zaxirasi 4 ming tonna (150 mln unsiya) deb baholanmoqda.

Shuningdek, AQShning Karlin, Rossiyaning Olimpiada oltin konlari esa keyingi o`rinlarni band qildi.

Muruntov kon majmuasi ochiq kon va uyumlarni eritib yuborish operasiyalaridan iborat bo`lib, 2020 yilda 2 million unsiyadan sal ko`proq oltin ishlab chiqarilganligi taxmin qilinmoqda. Uzunligi 3 km, eni 2,5 km va chuqurligi qariyb 600 m. Muruntov, 150 million unsiyadan oshiq hisoblangan ajoyib resurslar bazasini hisobga olgan holda, yaqin kelajakda dunyodagi eng yirik oltin koni sifatida o`z nomini saqlab qoladi.

    Boshqa yangiliklar