1

Andijonda qimorxona faoliyatiga chek qo`yildi

Jinoyat 09.03.2021, 20:40
Andijonda qimorxona faoliyatiga chek qo`yildi

Andijon viloyati hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan “Zardor oyligi” doirasida o`tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida ichki ishlar xodimlari tomonidan noqonuniy qimor o`yini faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

O`zbekiston Respublikasi IIV JQBB hamda Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan shu yilning 1 mart kuni olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro R.D o`zining yashash xonadonida bir nechta shaxslarni to`plab, ularga sharoit yaratib bergan xolda tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy qimor o`yini tashkil etganligi aniqlandi.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi jalb etilib, davrada bo`lgan 200 AQSh dollari, jami 3.922.000 so`m pullar, 24 dona o`yin kartalari ashyoviy dalil tariqasida, xolislar ishtirokida bayonnoma orqali tuman  ichki ishlar bo`limi ixtiyoriga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1