1

Xorazm va Jizzaxda aholidan pul undirib, er olib berishni va`da qilgan firibgarlar qo`lga olindi

Jinoyat 09.03.2021, 21:02
Xorazm va Jizzaxda aholidan pul undirib, er olib berishni va`da qilgan firibgarlar qo`lga olindi

Xorazm viloyatida 5 ming AQSh dollari, Jizzax viloyatida 50 mln so`m evaziga er olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro V.R. va U.R.lar oldindan til biriktirib, fuqaro O.ga turar joy binosini qurish uchun tuman hokimligi zaxirasidan 1 200 kv 2 metr er maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali olib berish evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

 

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, G`allaorol tumani “O.” suv iste`molchilari uyushmasi raisi F.T. er sotishga vakolati bo`lmasada fuqaro I.ning ishonchiga kirib, unga uyushma hududidan g`allachilikka ixtisoslashgan 3 gektar suvli hamda 20 gektar lalmi er maydonlarini firibgarlik yo`li bilan sotishni rejalashtirib, oldindan kelishilgan 50 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1