O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublikada momaqaldiroq bilan yomg`irli ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliqgacha pasayadi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 11-13° iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2-7° iliqni tashkil etadi.






