AsosiyJamiyat

"Amirsoy" tog`-chang`i kurorti vaqtincha faoliyatini to`xtatdi

'"Amirsoy" tog`-chang`i kurorti vaqtincha faoliyatini to`xtatdi'ning rasmi

Bu haqda "Amirsoy Resort"ning telegramdagi rasmiy sahifasida ma`lum qilindi.

Xabarga ko`ra, yo`l qismida ko`chkini oldini olish maqsadida Amirsoy kurort zonaga olib boradigan kirish yo`lida ta`mirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat yo`l harakati xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan  xavfsizlikni ta`minlash uchun Amirsoy dam olish maskaniga olib boruvchi yo`l vaqtincha yopilgan.

9 martdan 12 martgacha bo`lgan vaqt oralig`ida dam olish harakati qayta tiklanmaguncha to`xtatiladi. Liftlar to`xtatiladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar