AsosiyJamiyat

Tunda Farg`onadagi gaz "zapravka"da yong`in bo`ldi

'Tunda Farg`onadagi gaz "zapravka"da yong`in bo`ldi'ning rasmi

 Kecha, 9 mart kuni soat 20:47da Dang`ara tumani, “Sanoat” MFY, Farobiy ko`chasida joylashgan “Qo`qon Metangaz Serviz” MChJ qarashli AGTShning 8-kolonkasi  yonib ketdi. Bu haqda Farg`ona viloyati FVB Matbuot xizmati xabar berdi.

Maxsus kuch vositalar yong`inga 20:50da etib borib, 20:52da o`rab olgan va 20:55da o`chirilgan. Hozirda yong`inning sababi va zarari aniqlanmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar