AsosiyJamiyat

"Bunday natijalarga erishish oson bo`lmayapti". "Xitoy-O`zbekiston an`anaviy tibbiyot markazi"dagi birinchida turgan xitoy yozuvi olib tashlandi

'"Bunday natijalarga erishish oson bo`lmayapti". "Xitoy-O`zbekiston an`anaviy tibbiyot markazi"dagi birinchida turgan xitoy yozuvi olib tashlandi'ning rasmi

2020 yil 8 iyulda Fozil Farhod telegram kanalida Bobur ko‘chasida joylashgan "Xitoy-O‘zbekiston anʼanaviy tibbiyot markazi" binosidagi yozuvining xitoychasi birinchi, o‘zbekchasi ikkinchi darajada yozilganini tanqid qilib, post qo‘yilgan edi. 

Blogerning yozishicha, o`shanda "feysbuk"da ba`zilar uning iddaolarim asossiz ekani, til borasidagi ishlar xo`jako`rsinga qilinayotganini yozgan:

"Tanqidlardan so`ng, o`ylab qolgandim: “O`zbekistonda yashab, davlat tilini himoya qilsang-u, o`zimiznikilardan baloga qolsang! Nahot shu darajaga kelib qoldik?”

Bugun Davlat tilini rivojlantirish departamenti bo`lim mudiri Shahobiddin Musaevning bildirishicha, Yakkasaroy tumanidagi ushbu peshlavhaning xitoychasi olinibdi. Bunday natijalarga erishish esa oson bo`lmayotgan ekan.

"Xayrli ishga bosh qo`shganlarning ota-onasiga rahmat! O`z uyida qadr topa boshlagan o`zbek tilimga esa o`lgunimcha ta`zim qilaman!"- deb yozib qoldirgan natijadan xursand bo`lgan bloger. 

    Boshqa yangiliklar