1

Ohangaronda qiymati 108 million so`mlik noqununiy dorilar aniqlandi

Jinoyat 10.03.2021, 11:32
Ohangaronda qiymati 108 million so`mlik noqununiy dorilar aniqlandi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniyaylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. 

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida tezkor tadbir o`tkazildi. Tadbir davomida, fuqaro B.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib, o`rnatilgan tartibda ko`zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 108 million so`mlik, jami 900 dona “Tropikamid 10 mg.” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1