AsosiyJamiyat

Sirg`ali va Yangihayot tumanlari fuqarolariga huquqiy ko`mak beriladi

'Sirg`ali va Yangihayot tumanlari fuqarolariga huquqiy ko`mak beriladi'ning rasmi

2021 yil 11 mart kuni soat 10.00 da Jinoyat ishlari bo`yicha Yangihayot tuman sudida  huquqiy jihatdan ko`makka muhtoj bo`lgan Sirg`ali va Yangihayot tumanlari fuqarolari uchun ommaviy sayyor qabul o`tkaziladi. Bu haqda Oliy Sud ma`lum qildi.

Aholini qiynab kelayotgan muammolarini aniqlab, joyida ijobiy hal etish, kerakli huquqiy yordam ko`rsatish maqsadida tashkil etilayotgan sayyor qabul Toshkent shahar sudi raisi E. Xodjaqulov va Toshkent shahar ma`muriy sudi raisi U. Almamedov tomonidan o`tkaziladi. 

Unda fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha, ma`muriy va iqtisodiy sudlarning sudyalari hamda tumanlar sektorlari rahbarlari qatnashadi. Sayyor qabul doirasida mehnat yarmarkasi tashkil etiladi.

Manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Lutfikor ko`chasi, 33 uy

Ma`lumot uchun telefonlar: (91) 134-44-45, (99) 830-71-35.

 

    Boshqa yangiliklar