Xitoy vaksinalari xavfsiz va samarali – O`zbekiston Innovasion rivojlanish vaziri

Salomatlik 10.03.2021, 18:23
Teglar: Innovasion rivojlanish vaziri
Xitoy vaksinalari xavfsiz va samarali – O`zbekiston Innovasion rivojlanish vaziri

O`zbekiston mart oyida bir million dozadan ortiq ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini qabul qiladi. Bu haqda O`zbekiston Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Sinxua” agentligiga bergan intervyusida ma`lum qildi. 

Ibrohim Abdurahmonovga ko`ra, ko`ngillilarning sinovlari shuni ko`rsatdiki, yangi koronavirusga (COVID-19) qarshi Xitoy vaksinalari xavfsiz va samarali hisoblanadi. 

Xitoy vaksinasini O`zbekistonda sinovdan o`tkazishning uchinchi bosqichi o`tgan yilning dekabrida boshlangan. 

"Avvalo, xitoylik sheriklarimizga o`z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman",– dedi Innovasion rivojlanish vaziri. Vazirning so`zlariga ko`ra,  shu paytgacha 7000 dan ortiq ko`ngillilar emlangan va test yaxshi natija ko`rsatgan, emlovni olgan ko`ngillilarning aksariyati istalmagan ta`sirlar kuzatilmagan. "Bemorlarning faqat eng kichik qismida allergik reaksiyalar va isitma bor edi. Bu alomatlar hammasi nazoratga olingan va uch-to`rt kun ichida barcha emlanganlar normal hayotga qaytgan holda o`zlarini normal his qilishgan",– deya qo`shimcha qildi Abdurahmonov. 

"Ushbu vaksinalar O`zbekistonga etkazib berilgandan so`ng, taxminan mart oyining o`rtalarida biz mamlakat aholisini ommaviy emlashni boshlash niyatidamiz", dedi vazir. I. Abdurahmonov koronavirusga qarshi kurashda o`zbekistonlik olimlar va mutaxassislar xitoylik hamkasblari bilan yonma-yon ishlashganini, bu esa O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi turli xil ilmiy sohalarda, shu jumladan tibbiyotda hamkorlikni jadal rivojlantirishga katta turtki berganini ta`kidladi. 

"Hozirda vaksina lisenziyani oldi, uni O`zbekistonda seriyali ishlab chiqarish bo`yicha choralar ko`rilmoqda",– dedi Abdurahmonov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1