1

Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasining bo`lim boshlig`i qanday jinoyat sodir etdi?

Jinoyat 10.03.2021, 19:02
Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasining bo`lim boshlig`i qanday jinoyat sodir etdi?

Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasining bo`lim boshlig`i jinoyat ustida ushlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi bo`limi boshlig`i N.T. firibgarlik, ya`ni aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan “O.” MChJning 2020 yildagi qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha 230 mln so`m salbiy farq summasini jamiyat hisob raqamiga qaytarilishini tezlashtirib berish evaziga jamiyat hisobchisidan ushbu summaning 5 foizi, ya`ni 11,5 mln so`m talab qilib, 1 000 AQSh dollari va 900 ming so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan N.T.ga nisbtan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1