1

Toshkent viloyati hokimi ham qarorlarni elektron imzolashni boshladi

Jamiyat 11.03.2021, 09:31
Toshkent viloyati hokimi ham qarorlarni elektron imzolashni boshladi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 apreldagi 218-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan hokim qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro`yxatdan o`tkazishning yagona elektron “E-qaror” tizimi ishlab chiqildi.

Joriy yilning 9 mart kuni Toshkent viloyati hokimining birinchi elektron qarori “E-qaror” yagona elektron tizimi orqali qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi. 

Tizim 2021 yil 1 iyuldan respublikadagi barcha hokimliklar faoliyatiga joriy etiladi.

Tizimning afzalliklari nimada?

1. Qonuniylik va qonun ustuvorligi ta`minlanadi.

- qabul qilingan hokim qarorlarini noqonuniy o`zgartirib qo`yish yoki qalbakilashtirish imkoniyatiga barham beriladi;

- hokim qarori loyihasini ishlab chiqishdan boshlab qabul qilishgacha bo`lgan barcha jarayonlar adliya organlari tomonidan monitoring qilib boriladi;

- tizimga barcha vazirlik va idoralardan turli ekspertizalardan o`tkazilgan 100 ga yaqin hokim qarorlarining namunalaridan foydalanish imkonini beradi.

2. Hokimlar faoliyatida shaffoflik kuchaytiriladi.

- “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilingan har bir qarorlarga 
e-qaror.gov.uz saytida takrorlanmaydigan maxsus raqam beriladi va avtomatik tarzda e`lon qilinadi;

- hokimlikning norma ijodkorligi jarayoni ustidan jamoatchilik nazoratini o`rnatiladi.

3. Sohaga axborot-kommunikasiya texnologiyalari joriy etiladi.

- hokimlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni kelishish, ro`yxatga olish va ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish jarayonlari elektron tarzda amalga oshirilishi mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.

4. Fuqarolarning jamoatchilik nazoratidagi o`rni va roli oshadi.

- fuqarolarning mahalliy norma ijodkorligi jarayonida faol ishtiroki ta`minlanadi;

- hokimliklar tomonidan fuqarolarning konstitusiyaviy huquq 
va erkinliklari poymol qilinishiga chek qo`yiladi;

- hokimlik tomonidan korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan qoidalar va normalar o`rnatilishi oldi olinadi.

Eslatib o`tamiz, Respublikada viloyatlar ichida birinchi bo`lib Qashqadaryo, tumanlar ichida esa eng birinchi Mirishkor hokimi qarorlarni elektron imzolashni boshlagan edi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1