1

2021-2022-o`quv yili uchun test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Jamiyat 11.03.2021, 10:56
2021-2022-o`quv yili uchun test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 10-son bayoni bilan 2021-2022-o`quv yili uchun respublika oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

Uzbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha, Davlat komissiyasining 2021 yil 7 martdagi 10-son bayonining 8-ilovasiga ko`ra, bu yilgi abiturientlar avvalroq taxmin qilinganidek, 5 ta fandan imtihon topshiradi va jami 105 ta svolni ishlashlari kerak bo`ladi. Ularning to`plashi mumkin bo`lgan maksimal balli 280,5 ballni tashkil etmoqda. 

Shuningdek:

* Abiturientlar uchun 3 ta fan majburiy hisoblanadi. 

* Maksimal to`plash mumkin bo`lgan ball – 94,5 ball. Shundan:

- ona tili (o`zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) – jami 15 ta savol, to`g`ri javob uchun -  2,1 ball. Maksimal ball - 31, 5.

- Matematika – jami 15 ta savol, to`g`ri javob uchun - 2,1 ball. Maksimal ball - 31, 5.

- O`zbekiston tarixi – jami 15 ta savol, to`g`ri javob uchun - 2,1 ball. Maksimal ball - 31, 5.

Bakalavriat ta`lim yo`nalishiga mos 2 ta fan savollaridan maksimal to`plash mumkin bo`lgan ball – 186 ball. Shunda:

- 1-fan – 30 ta savol, to`g`ri javob uchun - 3,1 ball. Maksimal ball - 93.

- 2-fan – 30 ta savol, to`g`ri javob uchun - 3,1 ball. Maksimal ball - 93.

Fanlar va yo`nalishlar bo`yicha batafsil qo`yidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1