1

Toshkentda sodir bo`lgan YTHda "Nexia" va "Spark" yonib ketdi (video)

Jamiyat 11.03.2021, 11:17
Toshkentda sodir bo`lgan YTHda "Nexia" va "Spark" yonib ketdi (video)

Kecha, 10 mart kunidan 11 mart kuniga o`tar kechasi Sh.Rustaveli ko`chasida "Nexia-3" va "Spark" rusumli avtomashinalar ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda batafsil ma`lumot taqdim etgan IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko`ra, haydovchi, 1998 yilda tug`ilgan B.S. boshqaruvida bo`lgan "Nexia-3" hamda haydovchi, 1985 yilda tug`ilgan A.T. boshqaruvida bo`lgan "Spark" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lib, zarb oqibatida yong`in yuzaga kelgan.
To`qnashuv natijasida, "Spark" avtomobili haydovchisi A.T. va yo`lovchi Sh.X.larga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

FVV Axborot xizmati xabariga ko`ra esa voqeada jabrlanganlar yo`q, chunki haydovchilar o`z vaqtida mashinadan chiqib ketishga muvaffaq bo`lishgan, deyiladi.

 Bir necha daqiqadan so`ng yong`in sodir bo`lgan joyga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong`in-qutqaruv guruhlari etib kelgan. Yong`in uch daqiqadan kamroq vaqt ichida bartaraf etilgan. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1