1

Raqamlar ko`tarildi: O`zbekistonda uzoq muddatdan beri ilk bor koronavirusdan kasallanganlar soni birdan oshdi

Jamiyat 11.03.2021, 12:31
Raqamlar ko`tarildi: O`zbekistonda uzoq muddatdan beri ilk bor koronavirusdan kasallanganlar soni birdan oshdi

2021 yil 10 mart holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 80347 (+79) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar qildi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

-2 nafari Andijon viloyatida,

-1 nafari Farg`ona viloyatida,

-5 nafari Toshkent viloyatida,

-71 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

-Surxondaryo viloyatida 3 nafar,

-Toshkent viloyatida 13 nafar,

-Toshkent shahrida 41 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 79051 (+57) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 674 nafar bemordan 148 nafari og`ir, 27 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Eslati o`tamiz, yaqin oylar ichida O`zbekistonda koronavirusdan kassalanish ko`rsatkichi rasmiy statistikada 30-40 nafar oralig`ini tashkil etayotgan edi. Kuni kecha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i Bahodir Yusupaliev ham mamlakatimizda har kuni 20-40 kishida koronavirus aniqlanayotganini qayd etgan.

Mavzuga doir:

Dunyoda koronavirus bilan kasallanish yana o`sib bormoqda — JSST

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1