1

1 apreldan “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari «VS» toifali haydovchilarni tayyorlash bo`yicha bepul o`qitiladi

Jamiyat 11.03.2021, 13:29
1 apreldan  “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari «VS» toifali haydovchilarni tayyorlash bo`yicha bepul o`qitiladi

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida O`zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko`maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti markaziy kengashi va Yoshlar ishlari agentligi rahbarlarining respublikamiz yoshlariga qo`shma murojaatnomasi e`lon qilindi.

Dastlab ijod saroyi hovlisida «Vatanparvar» tashkiloti tomonidan haydovchilar tayyorlashda foydalaniladigan avtomototransport vositalari va sport jihozlarining namoyishi yig`ilganlar e`tiboriga havola etildi. Saroy foyesida esa texnik va amaliy sport turlari bo`yicha ko`rgazma hamda sport murabbiylarining mahorat darslari tashkil etildi.

Shundan so`ng yalpi yig`ilishda ikki tashkilot o`rtasida yoshlar masalalari sohasida o`zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Murojaatda qayd etilishicha, joriy yilning 1 aprelidan respublikamiz miqyosida «Yoshlar daftari»ga kiritilgan hamda muhtoj oilalar farzandlari «Vatanparvar» tashkilotining o`quv muassasalarida «VS» toifali haydovchilarni tayyorlash bo`yicha bepul o`qitilishi yo`lga qo`yiladi. Mazkur loyiha asosida o`qishga qabul qilinuvchilar ro`yxati bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan taqdim etiladi.

Qo`shma murojaat yakunida avtosport, aviamodel, raketamodel, kemamodel, motokross, radiosport, karting, triatlon, yozgi biatlon, pnevmatik miltiqdan o`q otish bo`yicha 2020 yilning eng yaxshi sportchilari hamda «Vatanparvar» tashkilotining eng ilg`or murabbiylari sertifikat va esdalik sovg`alar bilan taqdirlandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1