Toshkentda davom etayotgan futzal bo`yicha Osiyo chempionatining chorak final uchrashuvlari bugun start oladi.
E`tiborlisi shuki, bosqichda g`alaba qozongan terma jamoalar Kolumbiyada bo`ladigan jahon chempionatiga yo`llanma oladi.
O`zbekiston futzal terma jamoasi bugun chorak finalda Iroqqa qarshi to`p suradi. Aytish joizki, bu uchrashuvning terma jamoamiz uchun muhim bahs hisoblanadi.
Bellashuv bugun soat 16:00da Yunusoboddagi "O`zbekiston" sport-majmuasida bo`lib o`tadi.





