2021 yilning 21 fevral kuni soat 3:00 larda 19 yoshli Amirbek G`., Xonobod shahri Bunyodkor MFY., hududida o`zining tanishi 21 yoshli Sayyora Q.,ga nisbatan zo`rlik ishlatib, uni tahqirlab, haqorat qilib, qaychi bilan sochlarini qirqib narxi 1.350.000 so`mlik “Samsung A 10S” rusumli uyali telefon apparatini talonchilik yo`li bilan qo`lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Amirbek G`.,dan uyali telefon apparat ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Amirbek G`.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.