AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Abu-Dabi Amirligi valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi

'Shavkat Mirziyoev Abu-Dabi Amirligi valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

Bugun, 11 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo`mondoni o`rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Abu-Dabi valiahdini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, do`st Amirliklar xalqiga farovonlik, muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi.

Muloqot chog`ida mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi.

2019 yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlarni ro`yobga chiqarishga alohida e`tibor qaratildi.

Energetika, sanoat, qishloq xo`jaligi, moliya, infratuzilma yo`nalishlarida yirik qo`shma loyihalarni, sog`liqni saqlash va ta`lim sohalaridagi qator muhim dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish muhim ekan ta`kidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Boshqa yangiliklar