1

Farg`onalik fuqaro jiyaniga beriladigan jazoni engillatish uchun IIB xodimiga pora taklif qildi

Jinoyat 11.03.2021, 18:58
Farg`onalik fuqaro jiyaniga beriladigan jazoni engillatish uchun IIB xodimiga pora taklif qildi

Farg`ona viloyati IIBning ma`lum qilishicha, 3 mart kuni fuqaro A.J. Quva tumani IIB JQB tezkor vakili Q.Sh.ga murojaat qilib, jiyani Q.F.ga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha engillik berish evaziga 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan. 

Fuqaro A.J.ga Quva tumani IIB JQB tezkor vakili Q.Sh. tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan, pora taklif qilishda davom etgan.

Mazkur holat yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi, Quva tumani IIB hamda IJQKD Farg`ona viloyati Quva tuman bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro A.J. Quva tumani IIB JQB tezkor vakili Q.Sh.ga tumanda joylashgan choyxonada 500 AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan IJQKD Farg`ona viloyati Quva tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1