AsosiyJamiyat

“Davlat xizmatlari sayl”lariga start berildi!

'“Davlat xizmatlari sayl”lariga start berildi!'ning rasmi

Davlat Xizmatlari Agentligi “Davlat xizmatlari sayl”lariga start berdi!

Agentlik axborot xizmati xabariga ko`ra, bu safargi tadbirlarimiz viloyat markazlarida emas, balki chekka hududlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan.  

Ilk “Davlat xizmatlari sayli” Buxoro viloyati Qorako`l tumanida tashkil etiladi!

Tadbir 12 mart kuni soat 10:00 da Qorako`l tumani Madaniyat markazi yonida bo`lib o`tadi.  

 Saylda “O`zimiz keldik” aksiyasi doirasida aholiga sayyor davlat xizmatlarini, ya`ni zaruratga ko`ra o`sha erning o`zida ko`rsatish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qorako`l tumani Xalq qabulxonasi, Bosh vazirning Tadbirkorlarning murojaatlarini ko`rib chiqish qabulxonasi, tuman adliya bo`limi, notarius, “Madad” NNT mutasaddilari tomonidan hudud aholisini qiynab kelayotgan muammolarni o`rganish va ularni hal etish choralarni ko`rish maqsadida sayyor qabullar tashkil etiladi.

Sayl dasturidan xushovoz xonandalar ijrosidagi konsert, badiiy chiqishlar, sahnalashtirilgan teatr tomoshalari va hunarmandchilik mahsulotlari ko`rgazmasi o`rin olgan.

Saylda “Siz davlat xizmatlari haqida nimalarni bilasiz?” viktorinasi va “Davlat xizmatlari men uchun” rasmlar tanlovi o`tkazilib, g`oliblar esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadi.

Barchani “Davlat xizmatlari sayllarida" kutib qolamiz!

    Boshqa yangiliklar