O`zbekistonda taniqli rejissyor Bahrom Yaqubov kecha, 11 mart kuni hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda jurnalist Shohira Hamro o`zining "facebook"dagi sahifasi orqali ma`lum qildi.
"Oxirgi filmni ham ko`rish nasib etmadi... Biz sizdan rozimiz, alvido" deb yozib qoldirgan Shohira Xamro.
Ma`lumot uchun: Bahrom Yaqubov 1961 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan.
U «Superkelinchak», «Baxt uchun million», «O, Maryam, Maryam», «Jodugar», «Yondiradi, kuydiradi», «Fotima va Zuhra», «Majruh», «Sug`diyona», «Ichkuyov», kabi filmlar rejissyori.
Biz ham tahririyatimiz nomidan marhumning yaqinlariga ta`ziya izhor etamiz.