Davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga erkinlik va qulay shart-sharoitlar yaratib berilishiga qaramay, noqonuniy yo`llar bilan daromad topishni afzal bilayotgan ayrim fuqarolar hamon uchrab turibdi.
Mo`may pul topishni o`ziga kasb qilib olgan qonunbuzarlarning qing`ir harakatlariga chek qo`yish maqsadida bojxona organlari tomonidan muntazam ravishda tezkor tadbirlar o`tkazib kelinmoqda.
Yaqinda, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazishdi.
O`tkazilgan tadbir davomida, Toshkent tumanidagi avtoturargohlardan birida fuqaro N.X. o`ziga tegishli bo`lgan “Damas” rusumli avtotransport vositasi ortilgan, umumiy qiymati 200 million so`mlik jami 5000 quti “Geparin” nomli dori vositalarini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida to`xtatib qolindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






