Toshkent shahrida Avtosalondan 15 kun ichida “Lacetti-Gentra” rusumli avtotransport vositasini olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Bektemir tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Q.N. fuqaro D.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent shahridagi avtosalonlarning biridan “Lacetti-Gentra” avtomashinasini 15 kun ichida olib chiqib berishga ishontirib, evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Q.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






