2021 yilning 10 mart kuni soat 15:20 larda Jarqo`rg`on tumani IIB ga “Polvonlar yurti” MFY da yashovchi 55 yoshli Ernazar X. uyida to`satdan vafot etganligi yuzasidan xabar kelib tushgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021 yilning 9 mart kuni soat 19:30 larda 39 yoshli Muxtor T. fuqaro Ernazar X. ni mast holatda yashash uyiga kelayotganligini ko`rib, u bilan janjallashib, tanasining turli joylariga tepib tan jarohati etkazib, hodisa joyidan ketib qolgan. Ernazar X. ariqda yiqilib yotganligini qo`shnilari ko`rib uyiga olib borib qo`yishgan. Ernazar X. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jarqo`rg`on tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Muxtor T.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






