AsosiyDunyo

Gollandiyada ishlatilgandan keyin gullar unib chiqadigan niqob yaratildi

'Gollandiyada ishlatilgandan keyin gullar unib chiqadigan niqob yaratildi'ning rasmi

Gollandiyalik dizayner Marianna de Groot guruch qog`ozidan biologik parchalanadigan niqob yaratdi.

Uni ishlatib bo`lgach, erga ko`mib qo`ysangiz, gullar o`sib chiqadi.

Niqobga Marie Bee Bloom nomi berildi.

Mazkur niqob uchun guruch, suv va tabiiy kraxmal aralashmasidan tayyorlangan materialdan foydalaniladi. Vaholanki hozirgi vaqtda ko`pchilik niqoblar mikroplastikalarni o`z ichiga olgan plastik tolalardan tayyorlanadi.

Niqob qismlari bir-biriga kartoshka kraxmali yordamida "yopishtirilgan".

    Boshqa yangiliklar