1

Baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Jamiyat 12.03.2021, 18:15
Teglar: Toshkent viloyati hokimi
Baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasi, “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati, “Hududgaz Toshkent” GTF bilan birgalikda turar joylar, shu jumladan ko`p kvartirali uylardagi jismoniy shaxslar tomonidan gazdan foydalanishda belgilangan xavfsizlik koidalariga rioya etilishi holatlarini o`z vakolatlari doirasida tizimli o`rganish hamda aniqlangan muammo va nosozliklarni bartaraf etish choralarini ko`rib chiqadi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi. 

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 fevraldagi “Gazdan turmushda foydalanishda sodir bo`ladigan baxtsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi to`grisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 64-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent viloyati hokimi v.b. D.Hidoyatov №111-sonli qarorni imzoladi.

Xabarda aytilishicha, ko`p kvartirali uylarda maishiy ehtiyoj uchun tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda aholi xonadonlarining ichki gaz tarmoqlari hamda gazdan foydalanish uskunasi va jihozlari belgilangan muddatlarda texnik taftishdan o`tkaziladi hamda ularga profilaktik xizmat ko`rsatiladi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi baxtsiz hodisa sodir bo`lganda uning sabablarini tekshirish bo`yicha dastlabki zarur choralarni ko`radi, shu jumladan baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasini tuzish yuzasidan takliflarni tegishligicha shahar va tuman hokimliklari, viloyat hokimligiga kiritadi.

Bunda, baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasi:

uch nafargacha shaxslar (shu jumladan, uchinchi shaxsni hisobga olganda)ning hayotiga yoki sog`lig`iga ziyon etgan yoxud halok bo`lgan taqdirda – shahar va tuman hokimi qarori asosida uning ushbu sohaga mutasaddilik qiladigan o`rinbosari rahbarligida;

etti nafargacha shaxslar (shu jumladan, ettinchi shaxsni hisobga olganda)ning hayotiga yoki sogligiga ziyon etgan yoxud halok bo`lgan taqdirda – viloyat hokimi qarori asosida uning ushbu sohaga mutasaddilik qiladigan o`rinbosari rahbarligida;

sakkiz nafar yoki undan ortik shaxslarning hayotiga yoki sog`lig`iga ziyon etgan yoxud halok bo`lgan takdirda – Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida tegishli O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o`rinbosari yoki Bosh vazir maslahatchisi rahbarligida tuziladi.

Mutasaddi tashkilotlar baxtsiz hodisa sabablarini chuqur tahlil qilish hamda kelgusida ularning takrordanmasligi uchun baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasining takliflari asosida aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari B.Meliev hamda kapital qurilish va kommunikasiyalar masalalari bo`yicha o`rinbosari Sh.Xakimov zimmasiga yuklatildi.

Sharhlar

Toshkent viloyati hokimining uyida chiroq o`chdi

03.03.2021, 15:43

Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Davron Hidoyatov xizmat uyiga chiroq o`chganini ma`lum qildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.«Surishtirsam, qarzdorlik bor ekan. Mendan avval...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1