AsosiyMadaniyat

O`zbekistonda kinematografiya akademiyasi tashkil etiladi

'O`zbekistonda kinematografiya akademiyasi tashkil etiladi'ning rasmi

Kecha, 11 fevral kuni "O`zbekkino" Milliy agentligida O`zbekiston kinematografiya akademiyasini tashkil etish va kadrlar malakasini oshirish masalalari yuzasidan yig`ilish bo`lib o`tdi. 

Unda "O`zbekkino" MA Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, direktor o`rinbosari Nizom Mahmudov, Agentlik ijro apparati rahbari Eldar Yuldashev, "O`zbekfilm" DUK direktori Fotih Jalolov hamda "O`zshaharsozlikLITI" DUK bosh arxitektori Gulshoira Magametovalar ishtirok etishdi.

Mazkur yig`ilishda O`zbekiston kinematografiya akademiyasini tashkil etish, moddiy texnik-bazasini shakllantirish hamda bino qurilishi, rekonstruksiya ishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, akademiya qoshida S. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali hamda Toshkent shahrida kino san`atiga ixtisoslashgan o`rta ta`lim maktabini tashkil etish masalalari ham ko`rib chiqildi.

Boshqa yangiliklar