AsosiyJinoyat

Farg`onada profilaktika inspektoriga pora bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

'Farg`onada profilaktika inspektoriga pora bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Quvasoy shahrida profilaktika inspektoriga 1.000.000 so`m miqdordagi pullarni pora tariqasida bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 3 mart kuni fuqaro M.E. Quvasoy shahar IIB profilaktika inspektori A.J.ga murojaat qilib, o`ziga nisbatan to`plangan hujjatlar yuzasidan chora ko`rmaslik evaziga 1.000.000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Fuqaro M.E.ga Quvasoy shahar IIB profilaktika inspektori A.J tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan, pora taklif qilishda davom etgan.

Mazkur holat yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi hamda Quvasoy shahar prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro M.E. Quvasoy shahar IIB profilaktika inspektori A.J.ning xizmat xonasida 1.000.000 so`m miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Quvasoy shahar prokuraturasiga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar