AsosiyJamiyat

O`zbekiston bo`ylab qo`shimcha poezd qatnovlari yo`lga qo`yiladi

'O`zbekiston bo`ylab qo`shimcha poezd qatnovlari yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Bayram munosabati bilan "O`zbekiston temir yo`llari" AJ qo`shimcha qatnovlarni yo`lga qo`yadi.

2020 yilda dunyoning ko`plab davlatlarida COVID-19 virusining keng tarqalishi tufayli, nafaqat xalqaro yo`nalishlarga, balki mahalliy yo`nalishlarda ham transportlar, ayniqsa, poezdlar qatnovida cheklovlar joriy qilingan edi.  

Ayni kunda poezdlar qatnovini to`liq qayta tiklash uchun joylarda, xususan Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yo`nalishida ham marketing tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijalari o`rganib chiqilib, yaqin kunlarda ushbu hududga ham poezdlar qatnovi yo`lga qo`yiladi.

Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan Navro`z bayrami munosabati bilan, joriy yilning 22 mart kuni, Toshkent – Samarqand – Toshkent yo`nalishida  yuqori tezlikda harakatlanuvchi 764/763 "Afrosiyob" poezdining qo`shimcha qatnovi yo`lga qo`yiladi.

    Boshqa yangiliklar