Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi yarim himoyachisi Dmitriy Tarasov Evropa Ligasinnig nimchorak finalida “Fenerbaxche” mehmoni bo`ldi. Uchrashuvda turklar 2:0 hisobida g`alaba qozondi.
Uchrashuvdan keyin Tarasov libosini echib, ichidagi maykada Putin suratini ko`rsatib, maydon bo`ylab harakat qildi. Maykada Putin suratini tagida “Eng xushmuomala prezident” yozuvi ham bor edi, deya xabar beradi lenta.ru nashri.
O`yin oldidan mezbon jamoa rahbariyati muxlislardan futbolga siyosatni aralashtirmaslik kerakligini uqtirgandi.





