14 yanvar kuni 37 yoshli Sanjar O., Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha 32 yoshli Xushvaqt D.,ga o`zini himoyachi deb tanishtirib, “tergov davrida huquqlaringni himoya qilaman, aybsiz qilib olib chiqib ketaman” deb va`da berib, Guliston shahri “Taraqqiyot” mahallasi hududida joylashgan avto vokzalda jami 5.000 AQSh dollar pul mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, bergan va`dasini bajarmagan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Sanjar O., ning advokatlik lisenziyasi yo`qligi, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, sud prosessi jarayoni bo`layotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Sanjar O.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik)ning tegishli qism va bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.






