AsosiyJinoyat

Boysunda issiqxona uchun ajratilgan kredit mablag`i talon-toroj qilindi

'Boysunda issiqxona  uchun ajratilgan kredit mablag`i talon-toroj qilindi'ning rasmi

Boysun tumanida fuqarolarga issiqxona qurish uchun ajratilgan kredit mablag`ini talon-toroj qilish holati fosh etildi . Bu haqda Bosh prokuraturas huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boysun tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.T. AT “Xalq bank” Boysun filiali bo`limi bosh mutaxassisi A.I. bilan oldindan til biriktirib, hududdagi 6 nafar fuqaroga issiqxona qurish uchun ajratilgan 180 mln kreditni “B.” va “J.” MChJ hisob raqamlariga o`tkazib, fuqarolarga issiqxona qurib bermasdan bank kredit mablag`ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.T. va A.I.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar