Sirdaryo viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari hamkorligida Sirdaryo shahrida yashovchi, o`z farzandini pullamoqchi bo`lgan onaning kirdikori fosh etildi.
Ayol asli Navoiy viloyati Nurota tumanida tug`ilgan. Oilali, uch nafar farzandning onasi, vaqtincha ishsiz. Hozirda Sirdaryo shahrida yashaydi. U 2020 yil dekabrda tug`ilgan o`g`il farzandini 3 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgani haqida xabar kelib tushadi. Tezkor tadbir davomida ayol huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar tomonidan qo`lga olindi. 3 oylik go`dak esa bolalar uyiga topshirildi.
Ayol bu aybini bolani boqishga sharoiti yo`qligi, uni asramoqchi bo`lgan befarzand oila unga yaxshi qarashiga ishongani bilan izohladi.






