Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma`lum qilishicha, kechasi va yakshanba kuni erta tonggacha "Qamchiq" dovonida qalin qor yog`gan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Qamchiqavtoyo`l, Ichki ishlar vazirligi va boshqa ixtisoslashtirilgan xizmatlar bilan hamkorlikda noqulay ob-havo oqibatlarini bartaraf etishgan. Hozirda dovondagi yo`llarning holati yaxshi ekanligi xabar berilib, haydovchilarga barcha xavfsizlik choralariga rioya qilish qat`iy tavsiya qilinmoqda.






