"Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari" AJ matbuot xizmatining xabariga ko`ra, 13 martdan 14 martga o`tar kechasi viloyatimizning turli hududlarida ob-havo sharoitining noqulay kelishi, jumladan, kuchli shamol esib, yomg`ir, ba`zi hududlarda qor yog`ishi oqibatida Chiroqchi, Shahrisabz shahri, Kitob, G`uzor, Dehqonobod, Yakkabog`, Qamashi va Qarshi tumanining ayrim hududlari elektr energiyasi ta`minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.
Aytilishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli elektr ta`minotida yuzaga kelgan noqulayliklarni va vaqtinchalik uzilishlarni bartaraf etish uchun elektr ta`minoti korxonalari tezkor chiqish brigadalari hamda viloyat elektr tarmoqlarining aloqador barcha xizmatlari tomonidan choralar ko`rilmoqda.






