AsosiyJamiyat

Turkiyaga boruvchilar uchun so`rovnomani elektron tarzda to`ldirish qay tarzda amalga oshirilishi ma`lum qilindi

'Turkiyaga boruvchilar uchun so`rovnomani elektron tarzda to`ldirish qay tarzda amalga oshirilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

15-martdan boshlab Turkiyaga kiruvchi fuqarolar https://register.health.gov.tr/ saytida so`rovnomani to`ldirishlari hamda qog`ozga chop etishlari yoki mobil telefonga yuklab olishlari zarur. Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar berdi.

Mazkur shakl Turkiyaga parvozga qadar kamida 72 soat ichida to`ldirilgan bo`lishi lozim.

Ushbu shakl Turkiyaga kirishda yo`lovchilar tomonidan  HK sahnida  va pasport nazorati ustuni oldida  to`ldiriladigan shakllarning o`rnini bosadi.

Shaklni to`ldirish faqat Turkiyaga kiruvchi yo`lovchilardan talab etiladi, tranzit yo`lovchilardan talab etilmaydi.

Turkiya hukumatining mazkur talabi bajarilmasa, yo`lovchilar Istanbul qatnovlariga qo`yilmaydi.

 

    Boshqa yangiliklar