O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasi Kanvondo provinsiyasi, Yanggu okrugi administrasiyasi (mahalliy hokimligi) o`rtasida tuzilgan mavsumiy ishchilar to`g`risidagi kelishuvga asosan 2021 yil 16-17 mart kunlari Namangan viloyatida Koreya Respublikasi Yanggu okrugi hududida 5 oylik mavsumiy ishlarda (E-8 vizasi) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan fuqarolar uchun Koreya Respublikasi kompaniyasi vakillari tomonidan tanlov o`tkaziladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Tanlovda ishtirok etish niyatida bo`lgan fuqarolar uchun Koreya tomonidan quyidagi talablar qo`yilgan:
1. Namangan viloyati hududida oxirgi 3 yil davomida doimiy ro`yxatda turib istiqomat qiluvchi fuqaro bo`lishi.
2. Koreys tilini bilishi (suhbat koreys tilida bo`lib o`tadi).
3. 35-45 yosh oralig`ida bo`lishi.
4. Oilali (ajrashmagan) bo`lishi.
5. Mavsumiy ishlar (qishloq xo`jaligi) bo`yicha tajribaga ega bo`lishi.
6. Sog`lom, yuqumli kasalliklarga chalinmagan bo`lishi.
7. Sudlanmagan bo`lishi.
8. Koreya Respublikasi hududiga kirish uchun taqiq bo`lmasligi.
9. O`zbekiston Respublikasi hududidan chiqishga taqiqi mavjud bo`lmagan va xorijga chiqish pasportiga ega bo`lishi lozim.
Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul.
Tanlov jarayoni “YOU TUBE” kanali orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatiladi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolar koreyalik vakillar tomonidan o`rnatilgan tartibda ketishdan oldingi o`qitish va 14 kunlik majburiy karantinda saqlanadi.
Tanlov Namangan shahrida joylashgan “Monomarkaz” binosida bo`lib o`tadi.